19/05/2023

 2023- yil 19- may kuni boshqarmada navbatdagi “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Boshqarma boshlig‘ining o‘ribosari M.Yusupov hozirgi davrda zamonaviy dunyoni axborot texnologiyalarisiz, ya’ni internet tizimining ijtimoiy tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmasligini, ular allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurganligini aytib, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy ta’sirining oldini olish uchun yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirish kerakligini tushuntirib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, Yoshlarimizni xalqimizga xos odob-axloq meyyorlariga mos, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash, toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishish muhimligi aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida ushbu mavzu yuzasidan baxs munozaralar bo‘ldi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech