18/04/2023

 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 9,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

 Gilam eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 mln. AQSH dollariga oshgan.

 Oʻzbekiston eng koʻp gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):

— Qirgʻiz R. – 6,2 mln.

— Tojikiston – 935 ming

— Ozarbayjon – 796 ming

— Rossiya – 676 ming

— Afgʻoniston – 299 ming

— Qozogʻiston – 268 ming

Tugmani bosing Tinglash GSpeech