11/11/2022

 2022- yil 11- noyabr  kuni boshqarmada navbatdagi “G‘iybat ham tuhmat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev ochib, g‘iybat kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardan biri ekanligini, aqlli kishi birovni g‘iybat qilib qo‘ysa, yaxshiliklari uning hisobiga o‘tib ketishini juda yaxshi bilishi kerakligini aytib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva va boshqarmaning kasaba yushmasi raisi X.Nurmatov “G‘iybat ham tuhmat” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, g‘arazli kimsalar tomonidan o‘zgalarga ozor berishda tilning imkoniyati katta bo‘lgani uchun uning vositasida qilinadigan ulkan gunohlardan biri g‘iybat ekanligini, g‘iybatdan inson ruhiy aziyat chekishi, oqibatda inson hayoti va ish faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi, g‘iybat qilgan inson o‘z obro‘sini yo‘qotishi mumkinligini aytib o‘tdi.

 

 

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in bahs va munozara bo‘lib o‘tdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech