17/11/2021

 Ayni kunlarda aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik ekspertlar jumladan, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi vakillari 2021- yilning 16- noyabr kuni Andijon viloyatining Xo’jaobod tumanida sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatishni boshladi.

 

 

 

 

 Davlat statistika qo’mitasi boshqarma boshlig’i Odiljon Mamadaliyev boshchiligida tuzilgan ishchi guruhi, viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi xalqaro kuzatuvchilarni roʻyxatga olish jarayonlariga koʻrilgan tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishtirmoqda.

 Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilmoqda.

Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech