12/10/2021

 Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshig‘i N.G‘.To‘xtaboyev Xo‘jaobod tumani hokimligida bo‘lib mahallarda tashkil etilgan saylov uchastkalari hamda Aholini ro’yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan insturuktorlik uchastkalarini borib ko‘rdi. 2021- yilda amalga oshiriladigan tadbirlar prezident saylovi kampaniyasi davrida hamkorlik qilishga qaratilgan bo‘lib, saylov jarayonining shaffofligi va inklyuzivligini ta’minlash, ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda faol ishtirokini taminlashdan iborat.

 

 

 

 Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan  seminarda  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari, ayollarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari xotin-qizlarning saylov jarayonidagi ishtiroki borasidagi kasbiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ayollarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yanada oshiradi.

 

 

                                                                                                     Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech