13/03/2024

     2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 63,8 ming  nafarni tashkil etdi.

     Ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yiliga nisbatan 3 barobarga oshgan.

     Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

     2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21,0 ming nafar;

     2020/2021-oʻquv yili boshiga – 27,0 ming nafar;

     2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30,6 ming nafar;

     2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45,9 ming nafar;

     2023/2024-oʻquv yili boshiga – 63,8 ming nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech