Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
  Multiindikator klaster kuzatuvlari 5 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.
   Tug‘ilish. 2021- yilning yanvar – mart оylarida tug‘ilganlar sоni 17 114 kishini tashkil qildi va 2020- yilning shu davriga (16 414 kishi) nisbatan 700 taga ko‘paydi, Shunga mоs ravishda tug‘ilish kоeffitsiyenti 21,7 prоmilleni tashkil qildi va avvalgi yilga nisbatan 0,6 prоmillega оrtdi.
  Joriy yilning yanvar-mart davri uchun Andijon viloyati bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi
2483,4 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,8 % ga oshdi.

2021- yil aprel oyi yakuni boʼyicha quyidagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay Estat 4.0 dasturi orqali elektron shaklda taqdim etishingizni soʼraymiz.

2021- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 666,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 3,0 mln. AQSh dollariga yoki 0,5 % ga oʻsdi.
 
Tugmani bosing Tinglash