Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

 

 

 

 Jololov Farhodbek Shuhratbek o‘g‘li 1992- yil 2- iyulda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2014- yil Andijon mashinasozlik institutini “buxgarleriya hisobi va audit” mutaxassisligi bo’yicha bakalavriatni va 2016- yil Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini “davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tamomlagan.

O‘z ish faoliyatini 2016-2017- yillar Andijon viloyati Andijon shahar statistika bo‘limi 1- toifali mutaxassis lavozimidan boshlagan.

2017-2018 yy. - Andijon viloyati statistika boshqarmasi Sanoat statistika bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, 2018-2018 yy. - Andijon viloyati statistikasi boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2018-2019 yy. - Andijon viloyati statistikasi boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i vazifa bajaruvchisi, boshliq, 2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasining Tashqi va ichki savdo statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, 2021-2021 yy. - Andijon viloyati statistika boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i vazifa bajaruvchisi, 2021- y.  - h.v.- Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifa bajaruvchisi lavozimida  faoliyat yuritib kelmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech