Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosаri

 

-Boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari yo’qligi vaqtida uning vazifasini vaqtincha bajaradi;
-har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo’yicha statistika kuzatuvlarini o’tkazilishi, statistik ma’lumotlarning to’liqligi, haqqoniyligi va o’z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtirish;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
- Andijon viloyatining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta’lim, sog’liqni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo’yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish;

-davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish.
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaktida bajarilishi, hisobot ko’rsatgichlarini tеzkorligi, xaqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shaxar, tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiklashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo’yicha boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini xamda ulardagi statistik ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to’liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi
-biriktirilgan tarmoq ma'lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli soxalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muxokama yiqilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma'lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi; 
-biriktirilgan shaxar, tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko’radi;
-boshqarmada ko’rilayotgan ma'muriy jarimalarni imzolaydi xamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;

Boshqarma boshlig'ining o'rinbosari:- Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi, Ijtimoiy soha statistikasi bo’limi, Demografiya va mehnat statistikasi bo’limi, Xizmatlar sohasi statistikasi  bo’limlari faoliyatini  nazorat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech