Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda transport vositalari tobora koʼpayib bormoqda. Bu esa odamlarimizning turmush darajasi yuksalayotgani, el-yurtimiz yildan-yilga farovonlashayotganining isbotidir. Zero, keng koʼlamli islohotlardan koʼzlangan maqsad ham aholi turmush darajasini oshirish, manfaatlarini toʼla taʼminlashdir.

 Shunday boʼlsada, qatnovning koʼpayishi transport boshqaruvchilari hamda piyodalarning xavfsiz harakatlanishini tartibga solishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Аndijon viloyati koʼchalarida ham bunday tirbandliklarni oldini olish maqsadida chorrahalarda haydovchilarga boshqa harakatlanuvchilarga halal bermagan holda oʼng tomonga yurishga ruxsat berildi. Shuningdek, serqatnov yoʼllarga koʼpriklar qurilmoqda.

 Аndijon shahri, Markaziy dehqon bozorini piyodalar uchun yer usti koʼprigi obyektining loyihaviy qiymati 2713,6 mln soʼm, uzunligi 48.05 metr, eni 3 metr, balandligi 5.7 metr. Qurish ishlari 2020-yil avgust oyida bosh pudratchi tomonidan boshlangan boʼlib, 2021-yil 1-fevralda foydalanishga topshirildi.

 Аndijon shahri Markaziy dehqon bozori hududini Registon maydoni bilan tutashtiruvchi Mustaqillik shoxkoʼchasida ana shunday tirbandlik mavjud edi. Bugun ushbu koʼcha uzra umumiy uzunligi 48, balandligi 5.7, kengligi 3 metr boʼlgan koʼprik foydalanishga topshirildi. Piyodalar uchun yer usti koʼprigining qurilishiga 2713,6 million soʼm mablagʼ yoʼnaltirildi.

 Keng jamoatchilik ishtirokida oʼtgan ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov bevosita qatnashib, «Аndijon koʼpriklardan foydalanish» unitar korxonasi bunyodkorlariga minnatdorchilik bildirdi. Yangi bunyod etilgan koʼprik avtomobillar harakatining uzluksizligini barobarida piyodalar xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida soʼz yuritdi. Nuroniylar duoga qoʼl ochib, yurtimiz tinch va yanada obod boʼlishini tiladilar.

Аndijon viloyati hokimligi

MАTBUOT XIZMАTI

Tugmani bosing Tinglash