Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Marhamat tumanining Mintepa mahallasida yangi barpo etilgan “IBN SINO MEDICAL” diagnostika va kardiologiya markazi ish boshladi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muassasa ochilishiga bagʼishlangan tadbirda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, xususiy tibbiy muassasalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash borasida keng koʼlamli ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.

- Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholi salomatligini asrash va mustahkamlash masalasiga alohida eʼtibor qaratgani bejiz emas, - deydi tuman hokimi Boburjon Yuldashev. - Xususan, Davlatimiz rahbari Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sogʼliqda, deb bilgin”, degan chuqur maʼnoli soʼzlarini eslab, bu boradagi islohotlarimizni yangi bosqichga koʼtarishimiz zarurligini, ayniqsa, yoshlarimiz oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib etish – eng ustuvor yoʼnalishlardan biri boʼlishligini alohida taʼkidladi.

Demak, joriy yilda aholi salomatligini asrash va mustahkamlash masalasi faoliyatimizning ustuvor yoʼnalishlaridan biri boʼladi. Tumanimizda ish boshlagan yangi diagnostika va kardiologiya markazi ana shu yoʼnalishdagi ishlarning debochasidir.

Tadbirkor Muzaffar Qodirov tomonidan barpo etilgan, umumiy qiymati 9,5 milliard soʼmga teng, eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan mazkur markazda bir vaqtning oʼzida 150 nafar bemorning statsionar va ambulator tarzda davolanishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Muassasada yurak va qon tomir hamda bolalar kassaliklari boʼyicha malakali mutaxassislari faoliyat olib boradi.

“IBN SINO MEDICAL” diagnostika va kardiologiya markazining ish boshlashi bilan 50 ta yangi ish oʼrni yaratildi.

AUZ.UZ

Tugmani bosing Tinglash