Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Аndijon viloyati hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov Oʼzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʼrtasida oʼtkazilgan onlayn muloqotda ishtirok etdi.

Onlayn muloqotda joriy yil 9 oy yakunlari boʼyicha Аndijon viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi bilan tovar aylanmasi 237,6 mln АQSh dollarini tashkil etgani (eksport 42,6 mln dollar va import 195 mln dollar) taʼkidlandi.
Аndijon viloyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati orqali “Shanxe xalqaro agrosanoat xolding” kompaniyasi bilan hamkorlikda gilos yetishtirish, uni qayta ishlash va qadoqlash, “Tszyufan Xunsin” Pekin transport uskunalari kompaniyasi bilan esa logistika markazini tashkil etish yuzasidan umumiy qiymati 500 mln dollarlik loyihalar boʼyicha muzokaralar olib borilgan edi.

Ushbu muzokaralar yakunida umumiy qiymati 500 mln dollarlik gilos mevasini yetishtirish va eksport qilishni koʼzda tutuvchi yirik investitsion loyiha imzolandi.

AUZ.UZ

Tugmani bosing Tinglash