Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Joriy yilning 18 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Аndijon shahrida joylashgan "Raqamli shahar" da yirik loyihalar taqdimoti oʼtkazildi. Bu haqida Аndijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.


Shuningdek xabarda, loyihalar taqdimotida viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov va АKT vaziri oʼrinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etganligi. "Monterra" platformasi orqali sunʼiy yoʼldosh maʼlumotlarini Аndijon viloyati qishloq xoʼjaligi sohasiga joriy etish hamda "Xonobod-TUR", "Mahalla", "Shifoxona", "Mehnat" va "Tomorqa" yagona axborot tizimlari loyihalari taqdim etilib, viloyat rahbari va vazir oʼrinbosari tomonidan koʼrib chiqilgan loyihalar yuzasidan qoʼshimcha takliflar berilganligi aytilmoqda.

AUZ.uz

Tugmani bosing Tinglash