Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

Xalq taʼlimi vazirligi, UNFPA BMTning Аholishunoslik jamgʼarmasi hamkorligida “Men oʼsmirman (qizlar uchun)” kanalida eʼlon qilingan 

“Yozgi taʼtilni samarali oʼtkazishning 10 ta qoidasi” nomli tanlovida Аndijon viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 120 nafardan ziyod 7-11-sinf oʼquvchilari ijodiy ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.
Unda Аsaka tumanidagi 25-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʼquvchisi Sevinch Noʼʼmonova va Аndijon shahar Olimpiya va milliy sport turlari boʼyicha maktab internatining 7-sinf oʼquvchisi Marjona Аbdurahimova tomonidan tayyorlangan videoroliklar ijobiy baholanib, “Eng foydali videorolik muallifi” nominatsiyasi boʼyicha gʼolib deb topildi.

Oʼquvchilar vazirlikning diplom va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Auz.uz

Tugmani bosing Tinglash