Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olishboʼyicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq shu yilning 23 martidan boshlab toʼy-hashamlar, oilaviy tantanalar va maʼraka va marosim singari ommaviy tadbirlar oʼtkazish bekor qilindi. Ushbu marosimlar zarur boʼlgan taqdirdagina ixcham holda 10-15 kishi ishtirokida oʼtkazish tavsiya etildi. Xoʼsh, nikohdan oʼtmoqchi boʼlgan fuqarolar onlayn tarzda ariza topshirsa boʼladimi?

Bu savolga Аndijon shahri FHDYo boʼlimi mudirasi Inobatxon Djalilova javob beradi:

- Pandemiyaga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan FHDYo boʼlimlarida nikoh yoki ajrimlarni qayd etish, arxiv ishlari boʼyicha harakatlar toʼxtatilgan. Faqatgina kechiktirib boʼlmaydigan holatlardagina, yaʼni tugʼilish va oʼlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish amalga oshirilyapti.

Shuningdek, ushbu masalada fuqarolar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn murojaat etishlari ham mumkin.

Hali chiroyli kunlarimiz, toʼyu tantanalarimiz oldinda. Biz ana shu kunlarga omon va betalofat yetish uchun belgilangan tartiblarni buzmaslik, toʼp-toʼp boʼlib yigʼilmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, eng toʼgʼri yoʼl - uyida boʼlish barchamizning zimmamizga tushib turibdi. Аna shu oddiy qoidalarga rioya qilish orqali oʼzimizni, atrofimizdagilarni, olamni koʼzga koʼrinmas balodan asrab qolamiz.

Manba:auz.uz

Tugmani bosing Tinglash