Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Аndijon shahrining yangi loyihaviy "Mashrab" koʼchasida viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov umumiy qiymati 150 milliard soʼmli zamonaviy talablarga javob beradigan, sharqona koʼrinishdagi yangi “Navroʼz” savdo kompleksi bilan tanishdi. 

Mazkur obʼektda qurilish ishlari 2016 yilda boshlangan boʼlib, hozirgi kunda ishning 80 foizi bajarilgan. Loyihaning umumiy qurilish maydoni 7 gektarni tashkil etadi. Ushbu savdo kompleksida kelgusida 1500 ish oʼrni yaratilishi kutilmoqda. Majmuada savdo doʼkonlari, maishiy xizmat koʼrsatish shaxobchalari, koʼngilochar oʼyingohlar, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar uchun 6x3 hamda 6x6 hajmdagi 400 ta savdo doʼkonlari xalqimizga xizmat qilishi uchun rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xalqaro talablarga javob beradigan supermarket, “KFC” brendi ostida va boshqa turdagi “fast food”, kafe, restoran va zamonaviy tamaddixonalar, 3000 kvadrat metr maydonda bolalar uchun oʼyingohlar tashkil etilishi koʼzda tutilgan.

Ushbu “Navroʼz” savdo kompleksi ochilishi joriy yilning mart oyida rejalashtirilmoqda.


Аndijon viloyati hokimligi
MАTBUOT XIZMАTI

Tugmani bosing Tinglash