Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 Yangi tahrirdagi soliq kodeksi bilan nimalar oʼzgardi? Tadbirkorlik subʼektlari uchun qanday qulayliklar yaratildi?

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi raisi Bexzod Musaev boshchiligidagi targʼibot guruhiАndijonda viloyat tadbirkorlari bilan oʼtkazgan ochiq muloqotida ana shu kabi savollarga batafsil javob berildi.

Qoʼmita raisi soʼzi avvalida yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga mamlakat taraqqiyotining tayanchi boʼlgan insofli, halol soliq toʼlovchilarni ragʼbatlantirish, yashirin faoliyat yuritayotganlarning qonuniy ishlashi uchun shart-sharoit yaratishga xizmat qiladigan normalar kiritilganligiga alohida toʼxtaldi. Bundan koʼzlangan maqsad fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, balki uni vaqtida toʼlashdan manfaatdor boʼlishiga erishish ekanligini taʼkidladi.

Darhaqiqat, soliq organi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar huzuriga borgan holda muammo va takliflarini tinglab, ularga birgalikda yechim topib, ish faoliyatiga yordam beruvchi idoraga aylanganligi ham Soliq kodeksida belgilab qoʼyilganligini aytdi.
Xususan, 9-moddada soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq toʼlovchilar bilan soliq toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini toʼgʼri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart ekanligi alohida qayd etilgan. Bu esa yangi tahrirdagi soliq kodeksining bir soʼz bilan ifodalaganda, shaffof ekanligiga isbot.

Masalan, avvallari soliq toʼlovchilar soliq majburiyatlarini vaqtida bajarmagan taqdirda penya hisoblanib undirilar edi. Biroq soliq organlari tomonidan ortiqcha undirilgan soliqlarni oʼz vaqtida qaytarib bermagan hollarda, ularga hech qanday chora koʼrilmas edi. Bu esa tadbirkorlarda aylanma mablagʼlari yetishmasligiga olib kelib, moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir koʼrsatardi.

Yangi tahrirdagi soliq kodeksida ortiqcha toʼlangan mablagʼlarni soliq toʼlovchilarga foizi bilan qaytarib berishmajburiyati yuklandi. Bu – soliq organlarining soliq toʼlovchi oldidagi majburiyatini oshiribgina qolmay, har ikki tomon ham qonun oldida bir xil ekanligini taʼminlaydi.

- Shu paytgacha soliq toʼlovchilarning manfaatlari bu qadar oliy darajaga chiqmagan edi, - deydi Аndijon shahridagi “Konsalting aʼlo xizmat” xususiy korxonasi rahbari Shoislom Sattaev. – Bu nafaqat, men balki, barcha tadbirkorlar uchun xushxabar boʼldi. Meni hayratga solgani, bugungi uchrashuvda qoʼmita raisi tadbirkorlarning 50 dan ortiq murojaatiga erinmay, birma-bir, keng miqyosda tushuntirish bergani boʼldi. Korxonamiz qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi hisoblanadi. Men ham oʼz savolimga toʼliq javob oldim. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga binoan, qoʼshilgan qiymat soligʼining soddalashtirilgan tartibi bekor qilinibdi. Bu esa ushbu soliq turining zanjiri uzilmas boʼlganligini anglatadi. Endi bemalol, hamma korxona bilan hamkorlik qilishimizni taʼminlaydi.

- Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritaman, - deydi Muhammadbobur Norinbekov. – Biz uchun ham yangiliklar va oʼzgarishlar koʼp ekan. Muhimi, u tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va kichik biznesning qoʼllab-quvvatlanishiga xizmat qilishi tayin. Masalan, yillik tushumi 100 million soʼmdan oshmagan, qatʼiy belgilangan soliq toʼlovchilarga muqobil variant – deklaratsiya asosida 12 foizli soliq toʼlash tartibi kiritilibdi. Ushbu oʼzgarish albatta, yaqin yillar ichida kichik tadbirkorlarni ham yirik soliq toʼlovchilarga aylantiradi.

Ochiq muloqot samimiy va qizgʼin bahs munozaralarga boy oʼtdi. Tadbirkorlar Yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi har bir oʼzgarish va yangilik haqida yanada koʼproq maʼlumotlarga ega boʼlish uchun mutaxassislar bilan alohida suhbatlashdilar ham. Ularni qiziqtirgan mavzular boʼyichakengroq tasavvurga ega boʼlishlari uchun maxsus axborot stendlari hamda slaydlar orqali batafsil tushunchalar berilib, bukletlar tarqatildi.

АNDIJON VILOYATI DАVLАT SOLIQ BOSHQАRMАSI АXBOROT XIZMАTI.

Tugmani bosing Tinglash