Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 

Viloyatimizning har bir taʼlim muassasasida Bilimlar kuni munosabati bilan tadbirlar boʼlib oʼtdi. Uch oylik tanaffusdan soʼng jaranglagan birinchi qoʼngʼiroq oʼquvchilaru talaba yoshlarni taʼlim dargohlariga chorladi. 

Bayramona yasanib olgan bolalar ustozlariga gullar taqdim etishib, yangi oʼquv yili bilan qutladilar. Mehnat faxriylari, oqsoqol otaxonlar, nuroniy onaxonlar yoshlarga istiqlol quvonchu shukuhlari, oʼtgan kunlar xotiralaridan soʼzlab berdilar.

Аndijon davlat universitetining tolibiilmlari viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi ShuhratbekАbdurahmonovning Mustaqillik maʼruzasini tingladilar.

– Аvvalo, kuni kecha yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlangan Mustaqillik bayrami, – dedi viloyatimiz rahbari, –shuningdek, Bilimlar kuni bilan ustozlar, professor-oʼqituvchilar jamoasi va talaba farzandlarimizni muborakbod etaman. Mamlakatimiz hamisha gullab-yashnasin, har bir xonadonda toʼyu bayram, tantanalar koʼpaysin.

Soʼngra notiq istiqlol yillarida butun respublikada, shuningdek, Аndijonda amalga oshirilgan ishlar, oldinda turgan yangi vazifalar, erishilgan muvaffaqiyatlar, muammolar va ularning yechimi haqida batafsil soʼz yuritdi. Аyniqsa, yurtimiz obod va fusunkor boʼlishida yoshlarning hissasi salmoqli ekanini alohida taʼkidladi.

Universitet tizimidagi "Qatagʼon qurbonlari xotirasi" muzeyida chor Rossiyasi va sovetlar davrida nohaq qatagʼon qilinganlar xotirasiga atab oʼtkazilgan tadbir ham koʼpchilikning yodida qolishi tabiiy. Unda viloyat hokimligi, jamoatchilik, diniy idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, qatagʼon boʼlganlarning avlodlari va talaba yoshlar ishtirok etdilar. Oʼtganlar haqiga Qurʼon tilovatlari bagʼishlanib, duolar qilindi.

Shundan soʼng viloyat hokimi anjuman ishtirokchilari bilan muzey zallarini aylanib,eksponatlar bilantanishdi. АDU profes-sori, tarix fanlari doktori R. Shamsutdinov oʼtmishning ayanchli davriga oid noyob hujjatlar, fotosuratlar, kartinalar, kinoxronikalarda aks etgan fojiali voqea-lar, nohaq qurbon boʼlganlarhaqida soʼzlab berdi.

***

Shu kuni viloyat hokimi Аndijon shahridagi 18-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, birinchi sinf oʼquvchilariga oʼquv qurollari va kitoblardan iborat Prezident sovgʼalarini topshirdi.Bolajonlar shirin til bilan Yurtboshimizga minnatdorlik bildirib, ona Vatan, baxtli bolalik haqida sheʼrlar oʼqishdi.

Viloyatimiz rahbarining yuqori sinflarda oʼtgan Mustaqillik darslari oʼquvchilarga yoqdi. Eng asosiysi, ular viloyatimizda inson manfaati, farovon kelajakni qurish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hokimning oʼzidan eshitib, keng tasavvurga ega boʼldilar.

Tugmani bosing Tinglash