Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 Аndijon viloyat ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati va Аndijon davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti sport inshootida oliy oʼquv muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha test sinovlari boshlandi. 

 Shu munosabat test sinovlari oʼtkaziladigan asosiy binoga tashrif buyurgan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Shuhratbek Аbdurahmonovabiturientlar ertangi kunini hal qilib beruvchi kun bilan qizgʼin tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi.Prezidentimizning joriy yil 17 iyundagi “2019/2020 oʼquv yilida Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq davlat imtixonlarini test betalofat va koʼtarinki kayfiyatda oʼtkazish maqsadida abiturientlar va ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratildi, - deydi viloyat hokimining oʼrinbosari Oʼtkirbek Shukurov. - Test sinovlari oʼtkaziladigan binolarga borish yoʼnalishlarida yoʼl koʼrsatgichlari oʼrnatilib, har bir hududda test sinovlari jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishiga jiddiy ahamiyat berildi. Xususan, abiturientlarning hudud tashqarisidagi va ichkarisidagi toʼplanish joylarida soya-salqin joylar – maxsus soyabonlar, “mikroklimat” tizimi tashkil etildi. Test sinovlari oʼtkaziladigan hududlarda tibbiy navbatchilik yoʼlga qoʼyildi. Binolar kuzatuv kameralari va shaxsni identifikatsiyalash vositalari bilan jihozlandi.

Viloyat yoʼl harakat xavfsizligi boshqarmasi boshligʼi S. Zingirovning aytishicha, yoʼlovchi tashuvchi transportlarning oʼz vaqtida va uzluksiz qatnovi taʼminlangan. Bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining test sinovlariga belgilangan vaqtda yetib kelishini taʼminlash uchun barcha tashkiliy ishlar – transport, yigʼilish joylarini va vaqtini belgilab olish kabi tadbirlar amalga oshirilgan.

- Oliy taʼlim tizimidagi oʼqitishni sifat jihatdan yanada takomillashtirish masalasi doimiy eʼtiborda boʼlib kelmoqda. Аbiturientlar uchun koʼplab yangiliklar joriy etildi, -deydi davlat test markazi viloyat boʼlimi boshligʼi Xusniddin Аliev. – Markaz tomonidan test sinovlarini belgilangan talab va meʼyorlar asosida oʼtkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tugmani bosing Tinglash