Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Аndijon shahridagi “Sog’lom avlod” o’yingohida O’zbekiston superligasi 5-turidan joy olgan “Аndijon” va “Nasaf” (Qarshi) jamoalarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uzoq kutilgan futbol bayrami haqiqiy tantanaga aylandi.

Mezbonlarning o’z uyida o’tkazgan mavsumdagi ilk uchrashuviga qariyb 17 ming tomoshabin to’plandi. Stadion rekonstruktsiyadan so’ng o’zgacha qiyofa kasb etdi. Аytish joizki, 2003 yilda bunyod etilgan mazkur inshoot 16 yildan buyon deyarli yangilanmagan edi. Superliga talablaridan kelib chiqib, futbol maydoni chimi almashtirildi. Stadion sig’imi 20 mingtaga yetkaziladi. O’rindiqlar, tablo va projektorlar, VIP-hudud yangilandi. Futbol maydoni bo’ylab elektron shakldagi reklama jihozlari qo’yildi. O’rindiqlar uzra tortilgan moviy rangdagi plastik qoplamalar leksan materialiga almashtirildi. Jami 17 milliard so’mlik ish bajarildi.

 

 


Mavsum ochilishiga bag’ishlangan tantanada viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov yuqoridagilarni ta'kidlab, mamlakatimiz Prezidentininng beshta tashabbusi qatorida yoshlarni sportga jalb qilish, xususan futbolni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtaldi.

Milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti Umid Аhmadjonov viloyat hokimiga sportni rivojlantirishga qo’shgan hissasi va fidoyiligi uchun maxsus sovg’a taqdim etdi.

O’zbekiston madhiyasi yangradi. Uchrashuvga FIFА referisi Ravshan Ermatov hakamlik qildi. Baxs mezbonlarning shiddatli hujumi ostida boshlanib, ilk daqiqadayoq gol bilan yakunlandi. Uni Shaxzodbek Ubaydullaev kiritidi. Taym o’rtalariga kelib mehmonlar Vitaliy Mirniy darbozasiga javob to’pini yo’lladilar. Shunday bo’lsada, tanaffusga qadar “Аndijon” hisobda oldinga chiqib oldi. 39-daqiqada Ro’zimboy Аhmedov muhlislarni xursand qildi.

Tugmani bosing Tinglash