Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Andijonga investorlarning qiziqishi kundan kunga ortib bormoqda. Qulay ishbilarmonlik muhiti, taqdim etilayotgan imtiyozlar va kafolatlar bois hududimizda turli yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatish istagidagi sarmoyadorlar soni ko'paymoqda.

Bugun “Mediorad plyus KFT” kompaniyasi vakillarini viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov qabul qildi. Asli rossiyalik ishbilarmonlarga tegishli mzkur injiniring kompaniyasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan. Turli bino va inshootlarni jahon standartlari darajasida qurish, jihozlash bilan shug'ullanadi.

-Besh kun davomida Andijondagi bir qancha ob'ektlarni ko'zdan kechirdik, - deydi kompaniya vakili Vladimir Yurevich Serov. – Viloyat reabilitatsiya shifoxonasida to'xtaldik. Mazkur muassasani rekonstruktsiya qilish, qo'shimcha bino qurish va jihozlash uchun 12 million evro miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirdik. Biz 52 ta etakchi kompaniyaning avtorizatsiyasiga (ya'ni ular tomonidan ishlab chiqariladigan uskuna va jihozlarni o'zimiz qurigan binolarga o'rnatish huquqi) egamiz. Demoqchimanki, eng ilg'or texnologiyalar asosida jihozlash niyatidamiz.

Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Avazbek Abdurahmonov so'zlariga ko'ra sobiq shifoxona o'rnida kardiojarrohlik yo'nalishidagi zamonaviy klinika barpo etiladi.

«auz.uz» online guruhi.

Tugmani bosing Tinglash