Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Andijonda buyuk mutafakkir, so'z mulkining sultoni Alisher Navioy tavalludining 578 yilligiga bag'ishlangan “Xazrat Navoiyga ehtirom” deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi hamkorligida Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida o'tkazilgan tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Navoiy haykali poyiga gullar qo'yildi.

Istiqlol yillarida jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo'shgan ulug' alloma Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish, uning bebaho adabiy merosi, insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan asarlarini o'rganish, keng targ'ib etish borasida muayyan ishlar olib borilayotganligi, bu aholi, ayniqsa, yoshlarda adabiyotga qiziqishni, qalblarida vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi ta'kidlandi.

Tadbirda Andijon davlat universiteti talabalari, Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilari tomonidan Navoiy g'azal va ruboiylaridan namunalar o'qildi. Z.M. Bobur nomidagi viloyat teatri san'atkorlari tomonidan Navoiyning hayoti va faoliyati aks ettirilgan saxna ko'rinishlari namoyish etildi, uning g'azallari bilan aytiladigan qo'shiqlar ijro etildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov so'zga chiqdi. Tadbir Andijon davlat universitetida Navoiy ijodiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha, ijodkor yoshlar mushoirasi doirasida davom etdi.

 

F.Ibaydullaev

Auz.uz

 

Tugmani bosing Tinglash