Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

“Al Ashar Knitwear” kompaniyasi Pokistonning tekstil sohasidagi yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri. Asosiy mahsulotlarini Buyuk Britaniya hamda AQShga eksport qiluvchi ushbu kompaniya 20 yildirki o'zining tayyor kiyim mahsulotlari bilan xaridorlar orasida ishonch qozonib ulgurgan.

Kompaniya boshqaruvchi Nasir Adil ham viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda viloyatimizning tesktil va trikotaj ishlab chiqarish salohiyatiga yuqori baho berdi hamda ushbu sohalar bo'yicha investitsiya kiritish istagini bildirdi.

 Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat ko'rsatuvchi “Grin Fyucher” kompaniyasi raisi Kashif Muhammad ham viloyat hokimi bilan qurilish sohalari bo'yicha muzokaralar olib bordi. Mazkur kompaniya Dubayda tashkil topgan bo'lib, asosan zamonaviy dizayndagi binolar qurish, ko'chmas mulklar savdosi, ijaraga berish hamda ularni boshqarish bilan shug'ullanib keladi.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov investorlar bilan viloyatimizga investitsiya kiritish, sohalar bo'yicha dunyo tajribalarini qo'llagan holda mahsulot ishlab chiqarish hamda ularning eksporti yuzasidan Memorandumlar imzoladi.

andijan.uz

Tugmani bosing Tinglash