Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”

Sh.M.Mirziyoev.

Prezidentimizning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo'lish, odamlarning ko'p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o'rganish, ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta'minlash imkoniyati paydo bo'ldi. Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga qo'shimcha huquq va vazifalar yuklandi. 2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi. Zamonaviy xizmat avtomashinalari chekka qishloqlarda ham aholiga sifatli xizmat ko'rsatish imkonini beradi.

 

Ana shu munosabat bilan Andijonda viloyat hamda shahar-tuman Xalq qabulxonalariga zamonaviy xizmat avtomashinalari –«Cobalt» avtomobillari topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Shuhratbek Abdurahmonov, Xalq qabulxonalari mudirlari, shuningdek, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Viloyatimizda ayni paytda jami 16 ta shahar va tuman Xalq qabulxonalari aholiga xizmat ko'rsatmoqda. O'tgan davr davomida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov yig'ilganlar bilan suhbatlashar ekan, Xalq qabulxonalari xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini ushaltirish maqsadida tashkil etilganligini, mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayonidan tez fursatda o'zining munosib o'rnini topib, har bir hudud va sohadagi real manzarani, asl holat va mavjud muammolarni aniqlash hamda hal qilish yo'lida yangi g'oyalar, amaliy taklif va tashabbuslar yuzaga keladigan, ularni hayotga tatbiq etishning aniq mexanizmlari ishlab chiqiladigan markazlarga aylanib borayotganligini ta'kidlab o'tdi.

andijan.uz

Tugmani bosing Tinglash