Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Hindistonning Dehli shahrida joylashgan Sharda universiteti Prezidenti janob Pradip Kumar Guptani qabul qildi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat o'rtasida turizm, farmatsevtika, fan, texnika va innovatsiyalar, huquq va adliya, sog'liqni saqlash va tibbiyot ilmi, harbiy ta'lim, ilmiy-texnik sohalarida, qishloq xo'jaligi va turdosh tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirishga doir 17ta hujjat imzolangan qayd etildi. Andijon viloyati bilan Gujarat shtati o'rtasida aloqalarni yo'lga qo'yish, Andijon shahrida Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish to'g'risidagi kelishuvlar Bobur yurti va Hindistonni yanada yaqinlantirgani qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutida Sharda Universitetining filiallarini ochish, tibbiyot instituti klinikasida qo'shma klinika tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Viloyat hokimligi tomonidan investorlar uchun yaratiladigan imtiyozlar va sharoitlar muhokama etildi. Andijon viloyati hokimi bu masalada hech qanday muammo bo'lmasligini, hamkorlikka hamisha tayyorligini bildirdi.

- Bizni bu erga taklif qilgan Andijon viloyati hokimiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi janob Pradip Kumar Gupta. – Ikki kun mobaynida bu erda mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishga harakat qildim.Tanishish asnosida biz tomondan tibbiyot sohasiga qanday investitsiya kiritish zarurligini bilib oldim. Kelgusida tashkil etiladigan qo'shma klinikamizni eng so'nggi rusumdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, anjomlar bilan ta'minlash, shuningdek klinika xodimlarini universitet gospitalida amaliyot o'tashlari kerakligini his qildim. O'ylaymanki, hamkorlik aloqalari ikkala tomonga ham manfaatli bo'ladi.

andijan.uz

Tugmani bosing Tinglash