Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

23 sentyabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Stavropol o'lkasi Stavropol shahrida 21 sentyabrdan ish boshlagan “AgroYug-2018” 4-xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun rasmiy xizmat safari bilan tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Tashrifning ilk kunida delegatsiya vakillari Izobil’nen tumanidagi “Eko-kultura” agrosanoat xolding kompaniyasiga qarashli “Solnechny dar” MChJ issiqxona kompleksi faoliyati bilan tanishdilar.

Aynan shu yerda Rossiya Federatsiyasining eng yirik korxonalaridan hisoblangan «Eko-kultura» agrosanoat xoldingi va Andijon viloyati hokimligi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko'ra Andijon viloyatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini yig'ish, saqlash va qayta ishlash hududiy logistik markazini tashkil etish bo'yicha investitsion loyiha kelishuviga erishildi.

Asosiy maqsadi Andijon viloyati va qo'shni hududlardagi fermer xo'jaliklarida etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlab chiqarish, saqlash va eksport qilish uchun zamonaviy, yuqori texnologik infratuzilmani yaratish bo'lgan loyihaning umumiy investitsiya hajmi 52 million yevroni, eksport xajmi 70 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida 300 dan ortiq ishchi o'rni yaratiladi.

andijan.uz

Tugmani bosing Tinglash