Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 2020 yilning may oyida iste'mol narxlari va tariflarining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur'ati 0,3 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 1,0 foizni tashkil etgan.

2020 yilning yanvar-may oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi.

Yillik davrda esa (2019 yilning mayiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur'ati 14,0 foizni tashkil etdi.

O‘rtacha oylik INI o‘sishini hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-may oylarida ushbu ko‘rsatkich 0,9 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,2 foizni tashkil etgan.

Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan to‘yinganligi sababli, ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning may oyida oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol narxlari indeksi (INI) 99,8 foizni tashkil etdi.

Oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,6 foiz, xizmatlar 0,8 foizga oshgan.

Kun.uz

Tugmani bosing Tinglash