Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 yanvar kuni Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Jahon banki guruhi dunyo miqyosidagi yetakchi moliyaviy institut boʼlib, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi dasturini amalga oshirishda strategik sherikdir.

Bank ekspertlari Oʼzbekistonda qishloq va suv xoʼjaligi, geologiya, bank-moliya va soliq, taʼlim sohalarida modernizatsiya ishlarini samarali amalga oshirishga doir takliflarni ishlab chiqishda, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish hamda boshqa ustuvor yoʼnalishlarda faol ishtirok etmoqda.