Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 

 Ertaga Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi.

Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun 25-avgust kuni Samarqandga BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim tashrif buyurdi.
 
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov kutib oldi.
 
YUNESKO BMTning 17 ta ixtisoslashgan muassasalaridan biri boʻlib, 1945-yil 16-noyabrda tuzilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Bugungi kunda YUNESKOga 195 mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston tashkilotga 1993-yil 26-oktyabrda aʼzo boʻlgan.
 
Oʻzbekiston bilan ushbu tashkilotning hamkorligi izchil rivojlanmoqda. Mamlakatimiz YUNESKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan.
 
Samarqandda ertaga oʻtkaziladigan xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivali ham YUNESKO shafeligida tashkil etilmoqda.
Tugmani bosing Tinglash