Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 Davlat xaridlariga doir idoraviy hujjatlarga tuzatishlar kiritildi maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga va Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Birinchidan, budjet buyurtmachilari elektron do‘konda xarid qilish jarayonida va auksionda ishtirok etishdan oldin zakalat (tegishincha ishtirokchi ofertasi qiymatining va auksion boshlang‘ich narxining 3%i) to‘lash majburiyatidan ozod etildi. Biroq korporativ buyurtmachilar uchun bu ilgarigidek majburiy hisoblanadi. «Budjetdagilar» elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun o‘zlarining hisob-kitob-kliring palatasidagi (HKKP) hisobraqamlariga operatorning vositachilik yig‘imini o‘tkazadilar.
 
Shu tariqa, elektron davlat xaridlarida ishtirok etish shartlari quyidagicha:

• korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun – ularning HKKPdagi hisobraqamlarida avans to‘lovining yetarli summasi, ya'ni operatorning vositachilik yig‘imi va zakalat summasining mavjud bo‘lishi;
• budjet buyurtmachilari uchun – Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi tomonidan band qo‘yilgan e'lon yoki ofertaning yetarli summasi, shuningdek operatorning HKKPdagi hisobraqamlarida vositachilik yig‘imi summasining mavjud bo‘lishi. 

Ma'lumot uchun: Budjet buyurtmachilari – davlat organlari, budjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar.

Korporativ buyurtmachilar – 50% va undan ortiq davlat ulushiga ega davlat korxonalari, yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondidagi 50% va undan ortiq ulush 50% va undan ortiq davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar.  
 
ikkinchidan, xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga ko‘ra tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddati:

• budjet buyurtmachilari uchun belgilandi – Moliya vazirligi G‘aznachiligi shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni olgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida shartnoma summasini HKKPga o‘tkazib beradi. Bunda oldindan to‘lov shartlari shartnomada nazarda tutiladi;
• korporativ buyurtmachilar uchun qisqartirildi – shartnoma portalda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab 10 kundan 5 kungacha. Bu paytda ular shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni to‘liq hajmda to‘lash uchun o‘zlarining HKKPdagi hisobraqamlariga pul mablag‘larini o‘tkazishlari kerak (zakalat shartnoma bo‘yicha to‘lash summasiga qo‘shib hisoblanadi);
 
uchinchidan, hujjatlarni ilgari qabul qilingan quyidagi hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida bir qator o‘zgartirishlar kiritildi:

• davlat boshqaruvi organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan;
• davlat xaridlari sohasida vakolatli organ o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan – ushbu funksiyalar LBMAdan Moliya vazirligiga o‘tkazildi;
• auksion va tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e'lonlarni joylashtirish muddatlari o‘zgarishiga taalluqli bo‘lgan (27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarorning 4-bandi) va h.k.

Tugmani bosing Tinglash