Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son hamda 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorlariga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining zamonaviy dizayndagi yangilangan ko‘rinishi ishlab chiqildi.

Mazkur veb-sayt Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekistonning statistik ma’lumotlaridan mahalliy va xorijiy darajada foydalanish uchun ko‘plab qulaylik va afzalliklarga ega.

Saytda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlar, oylik, choraklik, yillik press-relizlar, dokladlar hamda statistik nashrlar, foto materiallar, videorolik va boshqa faoliyatga oid qiziqarli yangiliklar joylashtirib boriladi.

Axborot texnologiyalarining zamonaviy ta’lablarga mos ravishda ishlab chiqilgan yangi ko‘rinishdagi veb-sayt new.stat.uz manzilida joylashgan va test rejimida ishga tushirildi.

Sizlarni ushbu saytga taklif qilib qolamiz hamda veb-sayt bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її. elektron manziliga yo‘llashingizni kutib qolamiz.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash