Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Joriy yilning 8- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, xususan, 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

 Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi mutaxassislari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

 

 

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisi Begalov Bahodir Abdusalomovich 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

 Aholini ro‘yxatga olishning uslubiy qo‘llanmalari va me’yoriy hujjatlarini tayyorlash, savolnoma loyihalarini ishlab chiqish, ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur tashkiliy rejalarni belgilash, hududlarda aholini ro‘xatga olishga tayyorgarlik ko‘rish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

 

Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan “2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” xususida ham batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo‘raqulovich tomonidan hududiy statistika boshqarmalarida ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga mas'ul bo‘lgan yangi bo‘limlar ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olishga oid barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash