Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 2019-yil 3-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Kichik biznes subyektlarining tanlanma kuzatuvi uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik  tadqiqotlar instituti Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi mudiri A. Siddiqov va  O’zbekiston Respublikasi  Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Prognozlashtirish va makroiqtisodiy  tadqiqotlar instituti” bosh  ilmiy xodimi S.V.Chepel mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – statistik tadqiqotlarda kichik biznes subyektlarini tanlanma kuzatish  usulidan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni  atroflicha muhokama qilish.

Seminar davomida seminar ishtirokchilari  mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishi bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha xulosalar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, o‘rganilayotgan to‘plam birliklaridan tanlab olingan tanlanma haqidagi ma’lumotlar qay darajada haqiqatga yaqinligi va kutilgan natijani berganligini tahlil qilish borasida fikr almashildi.

Tugmani bosing Tinglash