Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

  Joriy yilning 29-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida"gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan idoralararo elektron almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi va ushbu yo‘nalishda ishlash jarayoniga bag’ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

 

 Mazkur amaliy seminarda hududiy statistika boshqarmalarining demografiya va mehnat statistika bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.Amaliy seminarni

 Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ziyadullayev ochib berib, elektron tizim yo‘lga qo‘yilganligi va uning muhimligini aytib o‘tdi. Shuningdek, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasining Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi xodimlari aholining tabiiy harakati (tug‘ilish, o‘lim, nikoh, nikohdan ajralish) elektron dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g’risida ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berdi.Amaliy seminar ishtirokchilari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari ma'lumotlarini elektron almashish hamda elektron dasturga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida berilgan savollariga boshqarma mutaxassislari tomonidan batafsil tushintirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash