Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Ushbu tadqiqot uy xo’jaliklari bilan so’rovnoma o’tkazishga asoslangan Multiindikator klster kuzatuvlari bo’lib, MICS deb ataladi. Ma'lumotlarni yig'ish bugun boshlanib, 2021 yil 31-iyulgacha davom etadi. Hukumat va MICS doirasida hamkorlik qilayotgan tashkilotlar mahalla va oilalarni tadqiqotchilarni xonadonlariga kiritib, ma'lumot taqdim etishda ko’mak berishga chorlaydi.

 

 

 

To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.
So'nggi yigirma yil ichida 100 dan ortiq mamlakatlarda bolalar va ayollar farovonligining asosiy ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan siyosatni shakllantirishga yordam berish uchun 300 dan ortiq MICS tadqiqotlari o’tkazilgan.
 
 
Axborot xizmati
Tugmani bosing Tinglash