Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholini roʼyxatga olish ishlari oʼtkazilmagan. Soʼnggi marta roʼyhatga olish ishlari 1989 yilda oʼtkazilgan.
Prezidentimizning 2019 yil 5 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʼyhatga olishni oʼtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5655 sonli Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini roʼyhatga olish tadbirini oʼtkazish belgilangan edi. Аholini roʼyhatga olish tadbiri keng koʼlamli, koʼp vaqt va katta mablagʼ talab etadigan tadbir boʼlib, uni oʼtkazish uchun 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

  Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini roʼyhatga olish tadbiri ilk bor oʼtkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʼrish va uni sifatli oʼtkazish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabr kungi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi №710-sonli qarori bilan aholini roʼyhatga olish tadbiri 2023 yil 1-25 noyabrь kunlari oʼtkazilishi belgilandi.
Аholini roʼyhatga olish maʼlumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sogʼliqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “taʼlim”, “yoʼl qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini roʼyhatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.
Аholini roʼyhatga olish Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasiga asosan boʼlib, xozirgi kungacha dunyoning koʼplab mamlakatlarida bu jarayon oʼtkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

Аholini roʼyxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish koʼzda tutilgan. Bu - hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʼyhatini tuzish bilan bogʼliq jarayondir. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, tegishli hududlarda uy-joy obʼektlarini qurish masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʼladi. Bu qimmatli maʼlumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi. Zotan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan koʼp yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli oʼzgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzili aniq boʼlsagina yuqori samara berishi shubhasiz.

 

Аsaka tuman statistika boʼlimi boshligʼi
Z.Bozarboev

 

Tugmani bosing Tinglash