Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Savol: Ilhomjon Abdugapirovich, viloyatda bugungi kunda aholi soni va umuman viloyatning demografik holati haqida aytib bersangiz.
Javob: Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 1 iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 153 368 kishini tashkil etadi. Shundan, 1 647 710 kishi shahar joylarida va 1 505 658 kishi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Hozirda erkaklar soni 1 596 735 nafar bo‘lsa, ayollar 1 556 633 nafarni tashkil etadi. Yil boshidan olti oy davomida viloyatning axolisi 25 685 nafarga ko‘paygan.

2. Savol: Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish qachon amalga oshirilgan.
Malumki, “Butunittifoq aholini umumiy ro‘yxatdan o‘tkazish” dasturi doirasida dastlab 1926 yili “perepis” o‘tkazilgan va 4,6 mln. kishi O‘zbekiston xududida istiqomat qilishi aniqlangan. O‘zbekiston hududida aholini oxirgi ro‘yxatga olish sobiq ittifoq tarkibida 1989 yili amalga oshirilgan va 19,0 mln. axoli istiqomat qilishi aniqlangan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Bu esa o‘z navbatida, aholi soniga, yosh-jins tarkibi, aholi joylashuvi xususiyatlariga oid mavjud malumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda. Shunga kura, 2019 yil 5 fevralda “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655 sonli Farmoni tasdiqlangan.

3. Savol: Mazkur Farmon asosida Respublikamizda qanday vazifalar belgilangan.
Prezident Farmonining kompleks choralari programmasi buyicha, 2020 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi” O‘RQ-611-sonli Qonuni tasdiqlandi. Qonun bo‘yicha, Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, yakuniy ma’lumotlarni keng ommaga tarqatish va undan foydalanish jarayoni hisoblanadi. Aholi sog‘ligini mustaxkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, mazkur jarayonning asosiy vazifalari xisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan xolda, bosqichma-bosqich o‘tkazilishi muljalanmoqda. Birinchi bosqich 3 yilga yaqin davrda ahborot tushuntirish ishlarini o‘tkazish, bino, transport, aloqa vositalari bilan taminlash va boshqa tayyorgarlik ko‘rish ishlari o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich - bevosita aholini ro‘yxatga olish, 2022 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Va uchinchi bosqich 2-3 yilgacha davrda materiallarni avtomatlashtirish, kodlash, natijalarni elon qilish va tarqatishni o‘z ichiga oladi.
Statistika qo‘mitasi - aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruxi xisoblanib, xozirda ushbu tadbir haqida ommaviy ahborot vositalari orqali keng jamoatchilikni xabardor qilish ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, viloyat statistika boshqarmasida ------ internet sayti ochilgan bo‘lib, jarayon xaqida malumotlarni olishingiz mumkin.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi
Ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i
Abdulazizov Ilxomjon Abdigapirovich

Tugmani bosing Tinglash