Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

  Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Bu aholi soniga, yosh–jins tarkibiga keskin taʼsir koʼrsatgan oʼzgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy–demografik oʼziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud maʼlumotlarni qoʼllashni sezilarli darajada cheklamokda.

  Shu maqsadda maʼlumki, joriy yil 16-martda Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi qonunda qabul qilindi. Qonunda aholini roʼyxatga olish Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanishi qayt etib oʼtilgan.
Shuningdek, qonunda BMTning 2015-yil 10-iyundagi «2020-yilda aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar» rezolyutsiyasiga tayanib, aʼzo–davlatlarni 2020-yilda Butun jahon aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olish dasturi doirasida aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda aholi va uy–joy fondini roʼyhatga olishni oʼtkazilishi ham belgilangan.
Qolaversa, xalqaro normalarda belgilangan tartibdan kelib chiqib, qabul qilingan qonun hujjatida mamlakatimiz aholi sonining aniq hisoblab chiqilishini taʼminlash, aniq belgilab qoʼyilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy axvoli, maʼlumoti, xayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy–iqtisodiy xususiyatlari boʼyicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash boʼyicha vazifalar belgilangan.
Shu oʼrinda baʼzi bir asosiy tushunchalarni keltirib oʼtsak maqsadga muvofiq boʼladi.

 

 


  Аholini roʼyxatga olish oʼzi nima? – degan savol tugʼilishi tabiiy xolat, sababi 1989 yildan buyon mamlakatimizda aholini roʼyxatga olish ishlari amalga oshirilmagan.
Аholini roʼyhatga olish – Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyaan hududlarida oʼtkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy oʼtkaziladigan tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish hamda ularga ishlov berishning davriy jarayoni hisoblanadi.
Respondentlar – degan tushuncha ham mavjud. Bu aholini roʼyhatga olish sanasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʼyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.
Аholini roʼyhatga olish asosan quyidagi maqsadlarda oʼtkaziladi: Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.
aholining sogʼligʼini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam koʼrsatish boʼyicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi oʼzgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish;
shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, oʼrta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;
aholini roʼyhatga olishlar oraligʼidagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʼyicha ilmiy tadqiqotlarni oʼtkazish uchun ham dolzarb va muhim hisoblanadi.
Аholini roʼyhatga olish oʼn yilda kamida bir marta oʼtkaziladi.
Аholini roʼyhatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisidagi qaror sanasi va muddati koʼrsatilgan holda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisidagi taklif Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoida tariqasida, roʼyhatga olishni oʼtkazish moʼljallangan sanadan kamida uch yil oldin kiritiladi.

 

 

 


Аndijon viloyati statistika boshqarmasi
Roʼyxatga olish jarayonlarini tashkil etish
va oʼtkazish boʼlimi yetakchi mutaxassisi

Nishanbaev Qudratbek

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash