Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Bu aholi soniga, yosh–jins tarkibiga keskin taʼsir koʼrsatgan oʼzgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy–demografik oʼziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud maʼlumotlarni qoʼllashni sezilarli darajada cheklamokda.

 Shu maqsadda maʼlumki, joriy yil 16-martda Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonunda qabul qilindi. Qonunda aholini roʼyxatga olish Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanishi qayt etib oʼtilgan.

 

 Shuningdek, qonunda BMTning 2015-yil 10-iyundagi «2020-yilda aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar» rezolyutsiyasiga tayanib, aʼzo–davlatlarni 2020-yilda Butunjaxon aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olish dasturi doirasida aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda aholi va uy–joy fondini roʼyxatga olishni oʼtkazilishi ham belgilangan.

 Qolaversa, xalqaro normalarda belgilangan tartibdan kelib chiqib, qabul qilingan qonun hujjatida mamlakatimiz aholi sonining aniq hisoblab chiqilishini taʼminlash, aniq belgilab qoʼyilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy axvoli, maʼlumoti, xayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy–iqtisodiy xususiyatlari boʼyicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash boʼyicha vazifalar belgilangan.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash