Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 Mustaqillikka erishganimizga qariyb oʼttiz yil boʼlayotgan boʼlsa-da, hali bu davrda Respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirlari amalga oshirilmadi. Shu maqsadda 2019 yil 5 fevralь «Oʼzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655 sonli Farmoni tasdiqlangan. Mazkur Farmon Oʼzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishning maqsadi va asosiy vazifalarini belgilaydi.

 

  Ushbu farmonni qabul qilish va aholini roʼyxatga olishdan maqsad, maʼlum bir sanada Respublikamizda istiqomat qilayotgan aholining anik sonini, yoshi va jinsini, fuqaroligi hamda milliy tarkibini shuningdek, ularning oilaviy ahvoli, maʼlumotlik darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, aholi bandligi, ishsizlik darajasi, daromad manbai kabi koʼplab maʼlumotlarni yigʼish va jamlashdan iboratdir.
Ushbu maʼlumotlar Respublikamiz boʼylab barcha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturlari ijrosini taʼminlanishining muhim omili boʼlib xizmat qiladi.
Prezident Farmonining kompleks choralari programmasi boʼyicha, 2022 yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha respublika komissiyasi tuzilgan. Davlat statistika qoʼmitasi Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanib, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni haqida 2019 yil 10 fevralda Аndijon viloyati hokimining 72-k sonli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan, viloyat ishchi guruhi shaklantirilgan va vazifalari belgilangan.

 

Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazish, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich oʼtkazilishi moʼljallangan boʼlib, 1-bosqichda 3 yilga yaqin davrda axborot tushuntirish ishlari oʼtkazish hamda bino, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlash va boshqa bir nechta tayyorgarlik koʼrish ishlari oʼtkaziladi. 2-bosqich 10 kundan 60 kungacha boʼlgan davr mobaynida bevosita aholini roʼyxatga olish ishlari amalga oshiriladi. 3-bosqichda 2-3 yilgacha boʼlgan vaqtda materiallarni avtomatlashtirish, kodlash, natijalarni eʼlon qilish va tarqatish ishlari belgilab olingan.
Farmon va qarorlardan kelib chiqib, kelgusida bunday maʼlumotlardan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, aholi salomatligi boʼyicha dasturlarni yaratish, jamiyatni axborotlar bilan taʼminlash, shuningdek mamlakat miqyosidagi eng muhim va zarur islohotlarni amalga oshirishda toʼlaqonli foydalaniladi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 21 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 28 fevralda maʼqullangan Oʼzbekiston Respublikasining «Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida»gi 2020 yil 16 mart kunida 5 ta bob, 31 moddadan iborat Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni URK 611-son tasdiqlandi. Ushbu qonunda aholini roʼyxatga olishning asosiy maqsadi Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir deb belgilab qoʼyildi.

 

 

AXBOROT XIZMATI

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash