Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


  Ma'lumki, Sobiq ittifoq davrida “Butun ittifoq aholini umumiy roʼyxatdan oʼtkazish” dasturi doirasida dastlab 1926 yili “perepis” oʼtkazilgan va 4,6 mln. kishi Oʼzbekiston xududida istiqomat qilishi aniqlangan. Oxirgi roʼyxatga olish 1989 yili amalga oshirilgan va 19,0 mln. axoli soni aniqlangan.Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Bu esa oʼz navbatida, aholi soniga, yosh-jins tarkibi, aholi joylashuvi xususiyatlariga oid mavjud maьlumotlarni qoʼllashni sezilarli darajada cheklamoqda.
  Аholini roʼyxatga olish kadimgi Misr, Аfina, Rim va Xitoyda paydo boʼlgan. Keyinchalik bu tadbir Yevropa mamlakatlarida xam yoʼlga qoʼyila boshlagan. Endilikda, xar bir jamiyatda aholini roʼyxatga olish oʼz geografiq joylashuvi va milliy tarkibidan kelib chiqib, kamida xar 10 yilda tashkil qilinishi tartibga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015yil 10 iyundagi “2020yilda axoli va uy-joy fondini roʼyxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, aьzo-davlatlarni 2020yilda Butunjaxon aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olishga taalluqli xalqaro va xududiy tavsiyalarni inobatga olgan xolda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olishni oʼtkazishni qatьiy da'vat etadi.

  Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazishning huquqiy asososlarini belgilash maqsadida, 2020 yil 16 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisidagi”OʼRQ-611-sonliQonuni tasdiqlangan va aholini roʼyxatga olishning asosiy maqsadi, tartibi, printsiplari va boshqalar belgilangan.Qonun boʼyicha, Аholini roʼyxatga olish–Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududlarida aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlovchi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish, olingan maʼlumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, yakuniy maʼlumotlarni keng ommaga tarqatish va undan foydalanish jarayoni hisoblanadi.

 

 

Andijon viloyati statistika boshqarmasi boʼlim boshligʼi,
Xalq deputatlari shahar kengashi deputati
Ilxomjon Аbdugʼapirovich Аbdulazizov

 

Tugmani bosing Tinglash