Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 Joriy yilning 12 fevral kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi maʼnaviyat soati tashkil etildi. Tadbirda “Maʼnaviy barkamol inson tushunchasi va Baxtli inson boʼlishning qoidalari” mavzusida soʼz yuritildi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari А.Mamajonov ochib berdi va olib bordi. U mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushunchlar berdi. Maʼnaviyat soatini oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad inson hayoti va faoliyatida muhim boʼlgan maʼnaviyatning oʼrni, boshqarmada maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashdan iborat ekanligi taʼkidlandi.
Oʼz kuningizni oʼzingizni va oilangizni qanday qilib yanada baxtliroq qilish mumkinligi haqidagi gʼoyalar bilan boshlang. Bu dunyoga siz qanaqa yaxshilik olib kela olasiz? Shaxs boʼlib oʼsish uchun oʼz oldingizga maqsadlar qoʼying. Boʼsh vaqtingiz bormi? Qanday janrda boʼlsa ham kitoblar oʼqing. Iloji boricha koʼp kitob oʼqing. Kitoblar sizga dunyoqarashingizni kengaytirishda yordam beradi, oʼylantirishga majbur qiladi va sizga real hayotda topib boʼlmaydigan tajriba beradi deydi А.Mamajonov.
 Tadbir soʼngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash