Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 2020 yil 7 fevral kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasida korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha Idoraviy komissiyasining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishni Viloyat statistika boshqarmasining birinchi oʼrinbosari - Viloyat statistika boshqarmasining Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha idoraviy komissiyasi Raisi N.Toʼxtaboev ochib berdi.


Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5729-son Farmoni va ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosi masalalari koʼrib chiqildi.

  

 

Bundan tashqari, yigʼilishda Prezident Farmoni bilan belgilab berilgan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, idoraviy korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar toʼqnashuvining oldi olinishini taʼminlash boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish kabi asosiy vazifalar ijorisini samarali va oʼz vaqtida taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Axborot xizmati

 

 

 

                                                                                                                              

 

 

 

 

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash