Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

  Аndijon viloyati statistika boshqarmasining 2019-yilning I yarim yilligi yakunlariga bag`ishlangan  kengaytirilgan Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi. Joriy yilning 3-avgust kuniAndijon viloyati statistika boshqarmasida 2019-yilning I yarim yilligi yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari  hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan viloyat statistika organlarida 2019-yilning I yarim yilligda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 

 Kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son Qarorida Davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

 Kengaytirilgan Kengash yig`ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko`rib chiqilib, natijalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 2019-yilning II yarim yilligi uchun Kengash ish rejasiga kiritilgan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalari muhokama qilindi.

 

Tugmani bosing Tinglash