Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 Аndijon viloyati Shahrixon tumanida 2019 yil 30 iyul kuni Davlat statistika qo’mitasi raisining o’rinbosari Z.Ziyaev  tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari uchun o’tkazilgan sayyor qabul uchrashuvi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni Davlat statistika qo’mitasi raisining o’rinbosari Z.Ziyaev ochib berdi va ushbu sayyor yig’ilish uchrashuvi aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo’lish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini atroflicha o’rganish, ularni o’ylantirayotgan masalalar yechimini topish, har bir murojaatning ildiziga yetib borish vazifalari asosiy maqsad ekanligini ta'kidladi.

 


Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi hamda ushbu muammolarni yechish muhim sanalishi aytib o’tildi.
Bir qator vazirliklar, sud-huquq, o’zini o’zi boshqarish organlari, mahalliy hokimliklarning mas'ul vakillari ishtirok etgan tadbirlarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo’lish, jismoni va yuridik shaxslarni murojaatlarini atroflicha o’rganish, ularni o’ylantirayotgan masalalar yechimini topish, har bir murojaatning ildiziga yetib borish vazifalari davlat statistika organlarining ham asosiy maqsadlaridan ekanligini aytib o’tdi. Yig'ilish ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

 

Tugmani bosing Tinglash