So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4 448,5 tonna (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 109,5 % ga ko‘p) baliqchilik ovlandi. 

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasi xizmatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 967 birlikni tashkil etdi, shundan 880 birlikni kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 66 331 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 % punktga ko‘paydi va 1,4 % ni tashkil etdi.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 96,5 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,2 % ini) tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2022/2023-o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning bitta sinfdagi o‘rtacha soni 27 nafarni tashkil etadi.

Andijon viloyatida yil davomida madaniyat markazlari xodimlari tomonidan 3 426 ta rangbarang mavzudagi madaniy-ma’rifiy-ommayiy tadbirlar o‘tkazilgan. Ulardan 933 tasi bolalar va 550 tasi ayollar uchun mo‘ljallangan.

Andijon viloyatida tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’yektlarida 2022-yil yakuni bo‘yicha 1 029 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatgan.

Andijon viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy sektor ham rivojlanib bormoqda. 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 216 tadan iborat bo‘lib, ular viloyatdagi jami yuridik maqomiga ega jami MTT larining 28,2 % ni tashkil etadi.

2023-yil 1-sentabr holatiga amaldagi 24 278 ta tijorat korxona va tashkilotlaridan ma’suliyati cheklangan jamiyatlar 20 222 tani tashkil etib, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinda turadi. 

2023-yilning yanvar-avgust oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Qirg‘iz Respublikasiga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 56,3 %), bu ko‘rsatkich Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmidan 1,8 barobar ko‘p.

2023-yil yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 239,9 mlrd so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,8 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 94,2 % ni tashkil etib, 2022-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 % ni tashkil qildi.

Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 25,6 %), Xonobod shahrida (26,3 %) va Andijon tumanida (21,4 %) kuzatildi.

2023-yil 1-sentabr holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 678 141 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Аndijon viloyatida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 158,5 mlrd.so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 % ga yuqoridir.

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2023-yil yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 283,9 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7% ini) tashkil etadi.