So'nggi yangiliklar

Bugungi kunda Andijon viloyatida 10 845 ta sanoat korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 5 510 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Joriy yilning 18- oktabr kuni Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanovaning 2023- yilning 9–11- oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 515,5 mln AQSh dollariga koʻpaydi va 2 401,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 

21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Andijon viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2023-yilning yanvar-avgust oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 194,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan 125,4 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 0,6 % ga ko‘payib, 4,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha moliyaviy xizmatlar sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati 120,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 840,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,5 %ga o‘sdi. 

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 9 136,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 22,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil 16-oktabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupuv hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.G‘ulomjonovlar tomonidan, Asaka tumani Mirzo Ulug‘bek MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Аndijon viloyatida axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlar sohasida 318,4 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,0 % ga yuqoridir.

2023-yil 16-oktabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupuv hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.G‘ulomjonov tomonidan Asaka tumani Mirzo Ulug‘bek MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yilning yanvar - iyun oylari davomida respublikamiz boʻyicha jami 49,4 ming tonna uzum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,7 %ni tashkil etdi.

2023-yil 9–11-oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi, Eurostat, Yevropa Markaziy banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi hamkorligida moliyaviy hisoblar bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-avgust oylarida norasmiy sektorlarning jami qurilish ishlari hajmiga nisbatan ulushi 24,4 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davri bilan solishtirganda -2,1 % ga oshdi.

Andijon viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 8 746,2 ming so‘m bo‘lgani holda, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 66 331 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi G.Mo‘minova tomonidan Andijon tumani Sharq-yulduzi MFY hududida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi.

Andijon viloyatida 2023-yining 1-iyul holatiga ko‘ra, otlar umumiy sonidan 23,9 % fermer xo‘jaliklariga, 75,1 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,0 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.