29/05/2023

 Andijon  viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining  ”Xalqaro oila kuni " ga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish boshqarmada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati ko‘rinishida o‘tkazildi.Yig‘ilishda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat  kengashi raisi S.Nishonova  va boshqarmaning faol xotin-qizlari so‘zga chiqishib, Oila - muqaddas dargoh ekanligi va u jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi  to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Yig‘ilish qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tkazildi. Har bir ishtirokchi  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblar olib, yig‘ilishni ko‘tarinki kayfiyatda yakunladilar.

Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilarga mavzuga oid rasm va bukletlar tarqatildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech