19/05/2023

 Joriy yilning 19- may kuni Statistika agentligining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`limi boshlig‘i o‘rinbosari  Maruf Shodiyev va Protokol xizmati boshlig‘i Komila Maksumova 2023- yilning 9–12- may kunlari Jeneva (Shveysariya) shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan gender statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

 1-7b5a5292

2-7b5a5283

  Maruf Shodiyev va Komila Maksumova yig‘ilganlarni yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, gender statistikasi bo‘yicha daromadlar va ish haqidagi gender tengsizligi, gender va atrof-muhit, ayollarga nisbatan zo'ravonlik ko'rsatkichlarini qayd etish, gender statistikasi uchun yangi ma'lumotlar manbalari, savdo va boshqa mavzular bilan tanishtirdi.

3-7b5a5274

Shuningdek, taqdimot jarayonida xorijiy davlatlarning gender statistikasi boʻyicha ma’lumotlari ham berildi.

4-7b5a5313

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech