16/03/2023

2023- yil 14- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida sanoat statistikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kuzatuvlarni tizimli o‘tkazish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.

1-7j1a6358

Unda Agentlik direktori o‘rinbosari A. Ikramov, agentlikning Sanoat statistikasi boshqarmasi xodimlari, hududiy statistika boshqarmasi boshliqlari va o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) statistika bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

2-7j1a6366

3-7j1a6362

Tadbirda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi, tasdiqlangan reja jadvalga asosan 2023- yil mart oyida o‘tkaziladigan “Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar” kuzatuviga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

4-7j1a6363

Shuningdek, mazkur kuzatuvlarni sifatli va xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish tartibi bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech